• O'zbekistondagi rasmiy Kärcher dileri
  • 900 000 so'mdan bepul yetkazib berish
Artikul: 1.056-131.0 Mavjud

Yuvuvchi qo'l changyutgichi Karcher FCV 4

FCV 4 vertikal yuvuvchi changyutgichi – pol tozalashda inqilob yasay oladigan universal apparat! Innovatsion Xtra!Clean funksiyasi tufayli apparat 3 ta vazifani bajaradi: polni changyutgich kabi tozalaydi, nam tozalaydi va pol...

6,400,000 som
Bepul yetkazib berish

Ismingiz va telefoningizni qoldiring — menejer 15 daqiqa ichida qo'ng'iroq qiladi

Muddatli to'lov
Boshlang'ich to'lovsiz
Muddat
Oylik to'lov
736 000 so'm / oy
Ustama 38% + 2 432 000 so'm Jami to'lov 8 832 000 so'm
Toshkent bo'ylab yetkazib berish
1 kun ichida · bepul
O'zbekiston bo'ylab
3 ish kunigacha · bepul
Qayerdan sotib olish: Kärcher markazlari va dilerlar

FCV 4 vertikal yuvuvchi changyutgichi – pol tozalashda inqilob yasay oladigan universal apparat! Innovatsion Xtra!Clean funksiyasi tufayli apparat 3 ta vazifani bajaradi: polni changyutgich kabi tozalaydi, nam tozalaydi va pol qoplamasini quritadi. U qattiq sirtlarni ham, gilamlarni ham oson tozalaydi, suyuqliklarni ham yig'adi. Natijada tozalash ancha tezlashadi – 50 % gacha vaqt tejaladi*. To'rt tozalash rejimi – Dynamic!Control ifloslik darajasi sensori nazoratidagi avtomatik rejim, zinapoyalarni tozalash uchun Stair!Assist, quruq tozalash va kuchaytirilgan Advanced!Power*** rejimi – chang, uy hayvonlari juni yoki qattiq dog'lar bo'lsin, har qanday kirni ketkazishni kafolatlaydi. Rolikli cho'tkasi 500 ayl/daq gacha tezlikda aylanadigan ilg'or Hygienic!Spin texnologiyasi a'lo darajadagi nam tozalash natijasini beribgina qolmay, bakteriyalarning 99 % gachasini ketkazadi, ya'ni gigiyenik tozalikni ta'minlaydi. Kuchli cho'tkasiz o'zgarmas tok dvigateli va quvvati uzoq ishlashga (45 daqiqagacha) yetadigan chidamli akkumulyator 200 kv. m gacha polni tanaffussiz tozalash imkonini beradi. Bunda 3,2 dyuymli Vision!Clean displeyi, avtomatik yoqish/o'chirish funksiyasi, o'z-o'zini tozalash funksiyasi va Pure!Roll rolikli cho'tkasini kir yuvish mashinasida gigiyenik yuvish imkoniyati foydalanuvchiga maksimal qulaylikni kafolatlaydi.

Afzalliklar va imkoniyatlar
Yuvuvchi qo'l changyutgichi FCV 4: Xtra!Clean «3 tasi 1 da» funksiyasi: nam tozalash, so'rish va quritish
Xtra!Clean «3 tasi 1 da» funksiyasi: nam tozalash, so'rish va quritish
O'rnatilgan so'rish funksiyasi tufayli oldindan changyutgich bilan tozalashga hojat qolmaydi: tozalashda 50 % gacha vaqt tejaladi* va mukammal tozalik kafolatlanadi. Har qanday kirni, hatto qattiq kirni ham, shuningdek, ko'p miqdordagi suyuqlikni ketkazish uchun 4 tozalash rejimi. Turli pol qoplamalariga optimal moslashadi va devorlarning tagigacha tozalaydi. Quruq tozalash rejimida gilam va yo'lakli gilamlarni tozalash mumkin.
Yuvuvchi qo'l changyutgichi FCV 4: samarali Hygienic!Spin texnologiyasi
Samarali Hygienic!Spin texnologiyasi
Uyda gigiyenik tozalik uchun bakteriyalarning 99 %** ini ketkazishi isbotlangan. Samarali nam tozalash uchun rolikli cho'tka yuqori tezlikda (500 ayl/daq gacha) aylanadi. Puxta o'ylangan 2 bakli tizim toza suvni doimiy yetkazib beradi va iflos suvni alohida yig'adi.
Yuvuvchi qo'l changyutgichi FCV 4: tozalashga aqlli yondashuv: Dynamic!Control va Vision!Clean
Tozalashga aqlli yondashuv: Dynamic!Control va Vision!Clean
Dynamic!Control ifloslik darajasi sensoridan foydalanadigan aqlli avtomatik rejimda bir zaryaddan maksimal ishlash vaqtiga erishish uchun so'rish kuchi va suv sarfi polning ifloslanganligiga qarab sozlanadi. Muhim ma'lumotlarni, xususan, tanlangan tozalash rejimi yoki apparatning qolgan ishlash vaqtini katta 3,2 dyuymli Vision!Clean displeyida doimiy kuzatib borish mumkin. Suv sathini aqlli nazorat qilish tizimi iflos suv baki to'lib ketganda apparatni avtomatik o'chiradi.
Puxta o'ylangan Stair!Assist tozalash rejimi va avtomatik yoqish/o'chirish funksiyasi
  • Avtomatik yoqish/o'chirish funksiyasi apparatni o'chirishni va tanaffusdan keyin ishni davom ettirishni osonlashtiradi.
  • Avtomatik yoqish/o'chirish funksiyasi o'chirilgan Stair!Assist rejimi tufayli zinapoyalar va tor joylarni apparatning har qanday holatida (hatto 90° burchak ostida ham) tozalash osonlashadi.
Advanced!Power maksimal quvvat rejimi
  • Standart rejimga nisbatan so'rish kuchi 100 % ga, suv sarfi 20 % ga oshirilgani tufayli hatto eng qattiq, qurib yopishgan kirni ham ketkazadi.
  • Pollar bir zumda quriydi, tozalashdan keyin ular ustidan deyarli darhol yurish mumkin.
Kuchli cho'tkasiz o'zgarmas tok dvigateli va samarali Comfort!Cell akkumulyatori
  • Zamonaviy cho'tkasiz texnologiya asosida ishlab chiqarilgan ishonchli va chidamli yuqori tezlikli elektr dvigateli ajoyib so'rish va nam tozalash natijalarini kafolatlaydi.
  • Maksimal harakat erkinligi va akkumulyatorning bir zaryadidan 45 daqiqagacha ishlash – 200 m² gacha maydonni tozalash uchun ideal yechim.
  • Akkumulyator ishdan chiqqanda uni tezroq va ekologik toza almashtirish: mablag' tejaladi va atrof-muhit asraladi.
Samarali ikki bosqichli Duo!Pure filtrlash tizimi
  • Ko'p bosqichli filtrlash tizimi dvigatelni namlikdan ishonchli himoya qiladi.
  • Yuqori samarali yassi burmali filtr a'lo darajada filtrlaydi va havodagi eng mayda zarralarni ham ishonchli tutib qoladi.
  • Quruq tozalash rejimida gilam va yo'lakli gilamlarni tozalash uchun juda mos.
System!Clean o'z-o'zini tozalash funksiyasi va Pure!Roll rolikli cho'tkasi
  • Cho'tkasi 550 ayl/daq gacha tezlikda aylanadigan samarali o'z-o'zini tozalash funksiyasi – apparatni kirga tegmasdan tez va qulay tozalash uchun.
  • Rolikli cho'tkalarni kir yuvish mashinasida 60 °C da qulay, gigiyenik va ekologik toza yuvish.
  • Apparatni aksessuarlari bilan birga qulay saqlash va bir vaqtning o'zida akkumulyatorini zaryadlash mumkin.

*
* Kärcher elektr shvabralari 50 % gacha vaqtni tejaydi, chunki poldagi barcha odatiy maishiy kir bir o'tishda ketkaziladi va polni oldindan changyutgich bilan tozalashga hojat qolmaydi.
** Mustaqil sinov laboratoriyasida o'tkazilgan sinovlar natijalariga ko'ra. /
*** Advanced!Power rejimi avtomatik rejimga nisbatan so'rish quvvatini 100 foizga va suv sarfini 20 foizga oshirib, hatto eng qattiq qurib qolgan kirni ham ketkazadi.

Akkumulyatorli apparat
Bor
Maydon bo'yicha unumdorlik (keyingi zaryadlashgacha) (m²)
200
Toza suv baki hajmi (ml)
750
Iflos suv baki hajmi (ml)
450
Nominal iste'mol quvvati (Vt)
180
Yuritma
Cho'tkasiz elektr dvigatel
Elektr tarmog'i parametrlari (~/V/Gs)
1 / 100 - 240 / 50
Rolikli cho'tkalarning ishchi kengligi (mm)
250
Tozalangan polning qurish vaqti (daq)
min. 2
Akkumulyator kuchlanishi (V)
18
Akkumulyatorning ishlash vaqti (daq)
maks. 45
Akkumulyatorni zaryadlash vaqti (daq)
240
Akkumulyator turi
Litiy-ionli akkumulyator
Rangi
Qora
Og'irligi (aksessuarlarsiz) (kg)
4,1
Og'irligi (qadoq bilan) (kg)
7
O'lchamlari (U×E×B) (mm)
278 x 232 x 1130