Bir klikda xarid qilish
Menejer qo'ng'iroq qilib, buyurtmani rasmiylashtiradi
Ariza qabul qilindi
Changyutgich funksiyali havo puflagich BLV 36-240 Battery
Soatiga 240 km gacha tezlikdagi kuchli havo oqimini hosil qiluvchi BLV 36-240 Battery changyutgich funksiyali havo puflagichi bog' ishlarida hosil bo'ladigan hatto ho'l barglar va chiqindilarni ham ishonchli puflaydi, yig'adi...
Ismingiz va telefoningizni qoldiring — menejer 15 daqiqa ichida qo'ng'iroq qiladi
Bir klikda xarid qilish
Menejer qo'ng'iroq qilib, buyurtmani rasmiylashtiradi
Ariza qabul qilindi
Soatiga 240 km gacha tezlikdagi kuchli havo oqimini hosil qiluvchi BLV 36-240 Battery changyutgich funksiyali havo puflagichi bog' ishlarida hosil bo'ladigan hatto ho'l barglar va chiqindilarni ham ishonchli puflaydi, yig'adi va maydalaydi. Asbobning so'rish trubkasini ham, puflash trubkasini ham alohida yechib olish mumkin. Akkumulyator va zaryadlash qurilmasisiz yetkazib beriladi.
Ho'l barglar, yangi o'rilgan o't va butalarning qirqilgan shoxlari tuproqqa mahkam yopishib qoladi, ularni esa katta qiyinchilik bilan, ayniqsa burchaklar va boshqa borish qiyin joylardan tozalash mumkin. Bu vazifani tez hal qilish uchun butun bir brigada kerak bo'ladi – yoki birgina Karcher BLV 36-240 Battery changyutgich funksiyali akkumulyatorli havo puflagichi. Soatiga 770 m³ gacha havo oqimi hosil qiluvchi bu kuchli asbob hatto nam bog' chiqindilarini ham oson yengadi. Bunda havo oqimining jadalligi aylanish tezligini o'zgartirish orqali ravon sozlanadi, bu esa muayyan ish uchun optimal rejimni tanlash va akkumulyator zaryadini tejash imkonini beradi. Asbob puflash yoki so'rish rejimlarini tanlash uchun almashtirgich bilan jihozlangan, bu rejimlardan birgalikda ham foydalanish mumkin. So'rish rejimida maydalangan yashil massa katta qopga yig'iladi. Vaznni optimal taqsimlash uchun ergonomik ikkinchi dasta va olinadigan yo'naltiruvchi roliklar tufayli uzoq vaqt charchamasdan ishlash mumkin. Bundan tashqari, so'rish va puflash trubkalari olinadigan qilib ishlangani tufayli ishda foydalanilmaydigan istalgan trubkani yechib qo'yish mumkin. Akkumulyator asbob to'plamiga kirmaydi.
- Dvigatel turi
- Cho'tkasiz elektr dvigatel
- Turbo rejim tugmasi
- yo'q
- Aylanish tezligi regulyatori
- ha
- Ish vaqtidagi shovqin darajasi (dB(A))
- 104
- Puflash rejimida havo tezligi (km/soat)
- maks. 240
- So'rish rejimida havo tezligi (km/soat)
- maks. 130
- Qop hajmi (l)
- 45
- Akkumulyator platformasi
- Akkumulyator platformasi 36 V
- Kuchlanish (V)
- 36
- Batareya turi
- Litiy-ionli akkumulyator
- So'rish rejimida 1 zaryaddan unumdorlik (l)
- maks. 75 (2,5 Ah) / maks. 150 (5,0 Ah)
- Akkumulyatorning bir zaryadidan ishlash vaqti (daq)
- maks. 10 (2,5 Ah) / maks. 20 (5,0 Ah)
- Og'irligi (aksessuarlarsiz) (kg)
- 4,2
- Og'irligi (qadoq bilan) (kg)
- 6,4
- O'lchamlari (U x E x B) (mm)
- 1290 x 230 x 380